
Naoya Inouening jang sanasi rasman tasdiqlandi
Yaponiyalik "monstr" Naoya Inoue IBF yo‘nalishi bo‘yicha avstraliyalik majburiy da’vogar Sem Gudman bilan jang qiladi.
Bu haqda Top Rank promouterlik kompaniyasi rahbari,taniqli promouter Bob Arum ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi orqali ma’lum qildi. Unga ko‘ra, jang 24 dekabr kuni Yaponiyada tashkil etiladi.
Jang avvalroq e’lon qilingan edi, ammo rasman tasdiqlanmagandi. Shu sababli bir hafta oldin IBF (Xalqaro boks federatsiyasi) rahbariyati tomonlarni jang sanasi va joyini ma’lum qilishga chaqirgandi.
Eslatib o‘tamiz, mazkur vazndagi o‘zbekistonlik Murodjon Ahmadaliev Naoyaning WBA kamari uchun da’vogar hisoblanadi.
Fikrlar