
"Napoli" futbolchisi bu mavsumda hozircha A Seriyaning eng yaxshi futbolchisi bo‘lib turibdi
Shanba oqshomida "Napoli" o‘z uyida "Atalanta"ni qabul qilib, 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Kvarattsxeliya yana bir bor jamoasining muhim g‘alabasini o‘z hissasini qo‘shdi. Xvicha raqibning etti o‘yinchisi qurshovidan zarba berib, ajoyib gol urdi.
"Opta" futbol statistik portali ma’lumotlariga ko‘ra, gruziyalik vinger Italiyada joriy mavsumning eng sermahsul futbolchisi bo‘lib turibdi. 22 yoshli futbolchi joriy mavsumda barcha musobaqalarda 28 o‘yinda ishtirok etib, 26 ta bora golda ishtirok etdi. Ya’ni, 13 marta raqib darvozasini ishg‘ol qildi va va 13 bora sheriklarining goliga assistentlik qildi.
Eslatib o‘tamiz, neapolliklar A Seriyada 26-turdan so‘ng 68 ochko bilan turnir jadvalini boshqarmoqda.
Fikrlar