"Napoli" grand klublarga top himoyachi narxini ma’lum qildi

"Napoli" prezidenti Aurelio de Laurentis Corriere dello Sport nashriga bergan intervyusi chog‘ida himoyachi Kalidu Kulibalining transferi masalasi bo‘yicha gapirib o‘tdi.

"Agar "Siti", "Yunayted" va PSJ Kaliduni qo‘lga kiritishni maqsad qilishgan bo‘lsa, unda ular 100 million evroli taklif bilan kelishlari kerak bo‘ladi. Boshqa vaziyatda bu transfer haqida o‘ylab ham ko‘rmayman", - deydi prezident.

Joriy mavsumda Kulibali A Seriya doirasida neapolliklar safida 15 ta o‘yinda maydonga tushgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!