"Napoli" Italiya kubogidagi yurishini davom ettiradigan bo‘ldi (video)

  • 29.01.2021 09:56
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Italiya kubogining 1/8 final bosqichi doirasida “Napoli” o‘z maydonida “Spetsiya”ni qabul qildi.

Neapoldagi “Diego Maradona” nomli stadionda kechgan bellashuvda darvozalarga naqd 6 ta gol kiritildi. O‘yin 4:2 hisobida mezbonlarning g‘alabasi bilan yakunlandi. “Napoli”ning gollariga Kalidu Kulibali (5'), Irving Losano (20'), Matteo Politano (30') va Elif Elmas (40') mualliflik qilgan bo‘lsa, “Spetsiya”ning gollarini Emmanuel Kvartsin Gyasi (70') va Jennaro Akampora (73') kiritdi.

Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!