
"Napoli" Italiya terma jamoasi a’zosini o‘z safiga qo‘shib oldi
“Napoli” jamoasi “Torino” himoyachisi Allesandro Buonjorno transferini e’lon qildi.
Uzoq davom etgan muzokaralardan so‘ng Turin klubi o‘z futbochisini neapolliklarga sotishga qaror qildi. Taniqli jurnalist va insayder Janluka di Martsio habariga ko‘ra trasnfer summasi 55 million evroni tashkil qildi. Bu summa bonuslar bilan birga 60 million evroga qadar etishi mumkin. Uning shartnomasidagi tovon puli miqdori 70 million evro etib belgilandi. Ammo kelishuvning batafsil tafsilotlari ikkala klub tomonidan ham oshkor qilinmaslikka qaror qilindi.
Eslatib o‘tamiz, 25 yoshli Buonjorno ortda qolgan 2023/2024 yilgi mavsum A Seriya bahslarida 29 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z xisobiga 3 ta gol va 1 golli uzatma yozib qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi.
Himoyachi Italiya milliy terma jamoasiga ham nomzod o‘yinchi sanaladi. U terma jamoa bosh murabbiyi Luchano Spaletti tomonidan Evro 2024 bellashuvlarining yakuniy qaydnomasiga ham kiritilgan edi. Ammo birorta qarama-qarshilikda maydonga tushirilmadi.
Fikrlar