"Napoli" "Manchester Yunayted"ga tegishli hujumchini xarid qilishini tasdiqladi
"Napoli" hujumchisi Rasmus Xoylund "Manchester Yunayted"ga qaytmaydi.
Italiya klubi datiyalik futbolchini o'tgan yilning yozida ijaraga olgan edi, ammo yaqin vaqt ichida to'liq transfer amalga oshiriladi.
"Xoylundning "Napoli"da qolishiga shubha yo'q. Bizda agar u Chempionlar ligasiga yo'llanma olsa, uni sotib olish majburiyati bor, ammo bu shartdan qat'i nazar, opsiyani faollashtirish niyatimizni bildirganmiz," – dedi neapolliklar sport direktori Jovani Manna.
Ma'lumot uchun, Rasmus Antonio Konte jamoasi safida 35 ta o'yinda maydonga tushib, 13 ta gol va to'rtta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar