
"Napoli" Milikning narxini tushirishga tayyor
"Napoli" rahbariyati hujumchi Arkadiush Milikning transferi bo‘yicha chegirma qilmoqchi.
La Gazzetta dello Sport nashrining yozishicha, neapolliklar 26 yoshli polshalik futbolchini "Marsel"ga 10 million evro evaziga qo‘yib yuborishga rozi bo‘lgan.
Bundan avvalroq “Napoli” Milik uchun 15 mln evro talab qilayotgani haqida xabar berilgan edi.
Milik joriy mavsum “Napoli” safida birorta ham o‘yinda maydonga tushmadi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi yozda o‘z nihoyasiga etadi.
Fikrlar