Asosiy mazmunga oʻtish

"Napoli" minimal hisobda g'alaba qozonib, ikkinchi o'ringa ko'tarildi

Bilolbek Imomov
Izohlar: 0

To‘qnashuv o‘z nihoyasiga yetdi

Italiya chempionati 30-tur doirasida "Kalyari" va "Napoli" oʻrtasidagi bahs mehmonlar foydasiga 1:0 hisobida yakunlandi.

Neapol jamoasi oʻyinni juda faol boshladi va allaqachon 2-daqiqada hisobni ochdi. Burchak zarbasidan keyin toʻp ustunga tegib qaytdi va Skott Maktominey vaziyatdan unumli foydalanib, gol urdi.

Ikkinchi boʻlimda mezbonlar oʻyinni oʻzgartirishga harakat qildi, ammo Antonio Konte shogirdlari ishonchli himoyalanib, ustunlikni saqlab qoldi.

Ushbu gʻalabadan soʻng "Napoli" ochkolarini 62 taga yetkazib, A Seriya jadvalida ikkinchi oʻringa koʻtarildi. "Kalyari" esa 30 ochko bilan 15-oʻrinda qolmoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q