Asosiy mazmunga oʻtish

"Napoli" prezidenti Kontening kelajagi haqidagi savolga javob berdi

  • Izohlar: 0
  • Futbol

Xabaringiz bor, "Napoli" Italiya A Seriyasining so‘nggi turida "Kalyari" ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozonib, chempionlikni rasmiylashtirdi. Ushbu bellashuvdan so‘ng jamoa prezidenti Aurelio De Laurentis jamoa murabbiyi Antonio Kontening kelajagi bo‘yicha bir qarorga kelgani haqida gapirdi: 
 
“Agar kimdir o‘zini qandaydir muhitda baxtli his qilmasa, u holda unga yangi manzara kerak bo‘ladi – xuddi Spallettidek. 
 
Konte bilan o‘zaro hurmat bor. Men unga ikki yildan so‘ng Skudetto sovrinini olib kelgani uchun minnatdorchilik bildiraman. Janubiy Italiya klubi uchun uch yil ichida ikki marta A Seriya chempionligini yutish oson emas. 
 
Spaletti olib kelgan chempionlik so‘nggi turda hal bo‘ldi. Ligadagi raqobat kuchsiz edi, degan gaplar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi – barcha jamoalar kuchaydi"
— deya ta’rif berib o‘tdi jamoa prezidenti. 
 
Eslatib o‘tamiz, neapolliklar joriy mavsumni 24 g‘alaba, 10 durrang va 4 mag‘lubiyat bilan umumiy 82 ochko to‘plagan holda, chempionlik bilan yakunladi.

Mexriddin Boboqulov

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q