
"Napoli" "qo‘rg‘on"i uchun "Yuventus", "Barsa" va "Chelsi" kurash olib bormoqda
"Napoli" himoyachisi Kalidu Kulibaliga Evropaning top klublari qiziqish bildirmoqda. Ayni paytda uni "Yuventus", "Barselona" va "Chelsi" jamoalari jiddiy kuzatib bormoqda.
Taniqli jurnalist Janluka Di Martsioning xabar berishicha, "Napoli" rahbariyati Kalidu uchun yuqori summa talab qilmoqda. Senegallik iqtidor sohibi esa jamoani tark etishga qarshi emas.
Hozirda Kulibali uchun kurashda "Yuventus" etakchilik qilmoqda. Turinliklar bu yozda ketishi kutilayotgan Matteys De Ligt o‘rnini aynan u orqali to‘ldirishni maqsad qilgan.
Fikrlar