"Napoli" "Real" hujumchisini sotib olmoqchi
"Napoli" ayni damda "Real" hujumchisi Luka Yovichning madridliklardagi holatini diqqat bilan kuzatib bormoqda. 22 yoshli hujumchi "gallaktikos" asosiy tarkibiga kira olmayapti. Italiya klubi bu vaziyatdan foydalanib qolishi mumkin. Jamoa short-listidan "Torino" hujumchisi Andrea Belotti va "Sassuolo" forvardi Jeremi Bogalar ham joy olgan.
Ma’lumot uchun, Luka Yovich madridliklar safida ushbu mavsum barcha musobaqalarda 24 ta uchrashuvda (770 daqiqa) harakat qilib, 2 ta gol va 2 ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan.
Fikrlar