
“Napoli” Rimda yangi bosh murabbiyni tashlab ketib qoldi
Italiya chempionatining navbatdagi turida amaldagi chempion – “Napoli” futbolchilari poytaxtda “Roma” mehmoni bo‘ldi.
Rudi Garsiya iste’foga chiqarilganidan keyin “Napoli”ni boshqarib turgan Valter Matstsarri o‘yindan keyin g‘alati ahvolga tushib qoldi.
Jamoa avtobusi bosh murabbiysiz Neapol shahriga jo‘nab ketgan.
Matstsarri uchrashuvdan keyin intervyuga uzoq vaqt sarfladi. Buning oqibatida avtobusdan qolib ketdi.
Murabbiy Neapolga etib olish uchun taksi xizmatidan foydalanishiga to‘g‘ri keldi. Ikki shahar o‘rtasidagi masofa 220 kilometrni tashkil qiladi.
Fikrlar