
"Napoli" turk klubidan futbolchi sotib oladi
Turkiyaning “Fenerbaxche” klubi yarim himoyachisi Elif Elmaz faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettiradi.
Sky Sport Italia nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 19 yoshli makedoniyalik futbolchi “Napoli” bilan shartnoma imzolaydi. Ushbu transfer neapolliklarga bonuslar bilan birga 16 million evroga tushishi aytilmoqda.
Ma’lumot uchun, Elmaz “Fenerbaxche” safida 2017 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan mavsum Turkiya chempionatida 29ta o‘yinda maydonga tushib, 4ta gol urishga erishdi.
Fikrlar