"Napoli" va "Galatasaray" Viktor Osimxen transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi

  • 20 iyul, 23:00
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Sky Sport Italia" nashrining xabariga ko‘ra, "Napoli" va "Galatasaray" klublari Viktor Osimxenning transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi. Tomonlar 75 million evro miqdoridagi bitimga rozi bo‘lishgan. Shartnomaga ko‘ra, neapolliklar keyingi sotuvdan 10 foiz ulushga ham ega bo‘ladi.

Tecno

Hujumchi uchun turk klubi dastlab 40 million evro to‘laydi, qolgan 35 million evro esa kelasi 12 oy davomida 17,5 milliondan ikki bosqichda amalga oshiriladi. Bank kafolatlari masalasi ham hal qilingan.

Shuningdek, kelishuvda maxsus band mavjud – Osimxenni ikki yil mobaynida Italiya klublariga sotish taqiqlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!