"Napoli" va "Siti" o‘rtasida muzokaralar bo‘lgani qanchalik haqiqatga yaqin?
"Manchester Siti" direktori Umar Berrada "Napoli" himoyachisi Kalidu Kulibalining transferi haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi.
"Aslida biz ushbu transfer bo‘yicha ish olib bormadik. Ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda ko‘tarilgan mish-mishlarni qiziqish bilan kuzatib bordim. Shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishganimiz, yaqin vaqtlar ichida rasmiy bayonot berilishi haqida bir qancha manbalarni ma’lumotlarini tabassum bilan qarshi oldim. Haqiqat shundaki, biz ushbu transfer masalasida "Napoli" bilan umuman bog‘lanmadik", - deydi Berrada.




Fikrlar