
"Napoli" yarim himoyachisiga Saudiyadan taklif bor
O‘z tarkibiga yulduzlarni qo‘shib olayotgan "Al-Ahli" jamoani kuchaytirishda davom etadi. Klubning keyingi maqsadi "Napoli" vakili Stanislav Lobotkani sotib olishdir.
"FootMercato" nashri xabar berishicha, Saudiya klubi nepolliklar bilan bog‘langan, lekin "Napoli" yarim himoyachini qo‘yib yubormoqchi emas. Futbolchining o‘zi esa hali yakuniy qarorni qabul qilmagan.
Lobotka o‘tgan mavsumdagi o‘yinlari orqali top klublar e’tiboriga tushgandi. Shu sababli, Italiya klubi u bilan shartnomani 2027 yilgacha uzaytirdi.
Fikrlar