
“Napoli”ni chempion qilgan Osimxen bosh murabbiy bilan urishib qoldi
Italiyaning amaldagi chempioni “Napoli”da ham mojaro kelib chiqdi. Bu haqda Italiya matbuoti xabar tarqatmoqda.
Ma’lumotlarga qaraganda, voqea neapolliklarning “Bolonya” qarshi o‘tkazilgan uchrashuvida sodir bo‘lgan. Hisob ochilmagan o‘yinda nigeriyalik hujumchi 73-daqiqada penaltidan gol ura olmadi.
Bosh murabbiy Rudi Garsiya 86-daqiqada Osimxenni zaxiraga olib, Jovanni SSimeoneni maydonga tushirdi. Bu o‘zgartirish Viktorga yoqmadi va u Garsiya bilan dahanaki jangga kirishib ketdi.
Il Mattino nashrining yozishicha, Viktor Osimxenning qilig‘i klub rahbariyatiga yoqmagan. Mutasaddilari o‘zini tajovuzkor tutgan hujumchini jarima tortishi kutilyapti.
Jamoa sardori Jovanni Di Lorentso Viktor Osimxen bilan gaplashib, uni tartibga chaqirgan. Biroq bu suhbat ham kutilgan natijani bermadi.
Fikrlar