"Napoli"ning ishlari joyida emas, jamoani etakchi futbolchilar tark etishi mumkin

  • 17 noyabr, 2019, 17:25
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiyaning "Napoli" klubi Xose Kalexon va Dris Mertensga shartnomani uzaytirish borasida taklif bilan chiqishgan.

Tecno

Xabar qilinishicha, klub prezidenti Aurelio De Laurentis Chempionlar Ligasidan o‘rin olgan 23 oktyabr kungi "Zaltsburg"ga qarshi o‘yin arafasida ikkala futbolchiga 2022 yilgacha mo‘ljallangan yangi bitimni taklif qilgan.

Yangi shartnomaga ko‘ra, Mertens va Kalexon yiliga 3 mln evrodan maosh ishlab topishlari mumkin bo‘ladi.

Bu taklif qilingan so‘nggi bitim edi, ammo futbolchilar hamon o‘z javoblarini berishmagan.

Eslatib o‘tamiz, Dris Mertensga "Inter" klubi qiziqish bildirgan edi va bundan tashqari, Xitoy klublaridan ikkala futbolchiga ham qulay takliflar bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!