"Nasaf" - "Ahal": Jamoalar qanday rangdagi libosda harakat qilishi ma’lum bo‘ldi

  • 24.08.2021 15:19
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol

Yaxshi bilasiz, ertaga OFK kubogi doirasida "Nasaf" klubi Turkmanistonning "Ahal" jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Bugun mazkur bahsda futbolchilar qanday libosda to‘p tepishi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda "ajdarlar" matbuot xizmati xabar tarqatdi.

"Jamoalarning ertaga qaysi liboslarda maydonga tushishi ma’lum bo‘ldi. Bugun ikkala jamoa vakillari hamda uchrashuv rasmiylari ishtirokida miting bo‘lib o‘tdi. Unda ertangi bellashuvga oid masalalar ko‘rib chiqildi va har ikkala jamoaning qaysi rangdagi liboslarda maydonga tushishlari aniqlashtirib olindi. Ertaga “Nasaf” to‘liq ko‘k rangli, mehmonlar “Ahal” jamoasi esa oq rangli liboslarda maydonga tushishadi",-deyiladi xabarda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!