Rasman! Akrom Komilov - "Nasaf" futbolchisi
Akrom Komilov yangi mavsumni Qarshining "Nasaf" klubida o‘tkazadi. Bu haqida klubning matbuot xizmati ma’lum qildi.
"Transfer bozorida faollikni oshirayotgan jamoamiz yana bir tajribali futbolchi bilan shartnoma imzoladi.
Klubimiz himoya chizig‘ini mustahkamlash maqsadida "Bunyodkor", "Paxtakor" va OKMK jamoalarida to‘p surgan himoyachi Akram Komilov transferini rasmiy e’lon qiladi. Akram Komilov jamoamiz bilan yangi marralarni zabt etishiga tilakdoshmiz!
"Nasaf" oilasiga xush kelibsan, Akram!", - deb xabar bermoqda klubning matbuot xizmati.
Eslatib o‘tamiz, OKMKning sobiq futbolchisi Superligada o‘tgan mavsum 13 ta bellashuvda ishtirok etishga muvaffaq bo‘ldi.

Fikrlar