"Nasaf" afsonasi klubga qaytdi!

  • 18 fevral, 2021, 18:04
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Nasaf" jamoasi rahbariyatida o‘zgarish yuz berdi. Bu haqda "ajdarlar" matbuot xizmati xabar tarqatdi.

Tecno

"Nasaf" futbol klubiga begona bo‘lmagan va jamoa safida ko‘p yillar to‘p surgan Botir Qoraev jamoa sport direktori lavozimiga tayinlandi. Shu kungacha ushbu lavozimda ishlab kelgan Yunus Nabiev klub strukturasida boshqa lavozimda o‘z faoliyatini davom ettiradi.

"Nasaf" jamoasi men uchun begona emas. Yangi lavozimga tayinlangan bo‘lsam ham jamoaga qo‘ldan kelgancha yordam berishga harakat qilaman",—deydi Botir Qoraev.

Bizning ma’lumot:

Qoraev Botir Saidovich — 1980 yil Koson tumanida tug‘ilgan.
2006 yilda Qarshi Davlat universitetini tamomlagan.
1997-2006 / 2008-2016 yillarda «Nasaf» futbol klubida to‘p surgan.
2017 yilda «Mash’al» jamoasida to‘p surgan.
2018-2020 yillarda «Mash’al» jamoasida yordamchi murabbiy lavozimida faoliyat ko‘rsatgan",-deya yozib qoldirdi "Nasaf" rasmiy "Telegram" kanali.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!