
"Nasaf" BAAda. Ro‘ziqul Berdiev shogirdlarini OChL pley-offidagi muhim o‘yin kutmoqda (Foto)
"Nasaf" Osiyo Chempionlar ligasi pley-off bosqichidan o‘rin olgan Abu-Dabining "Baniyas" jamoasiga qarshi kechadigan uchrashuv uchun BAAga etib bordi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Qarshiliklarning mazkur o‘yini 15 mart kuni o‘tkaziladi. Agar Ro‘ziqul Berdiev shogirdlari BAA jamoasini mag‘lub etsa, musobaqaning guruh bosqichiga yo‘l oladi.
O‘tgan mavsum O‘zbekiston Superligasida 2-o‘rinni egallagan "So‘g‘diyona" esa OFK kubogida ishtirok etadi.
Fikrlar