"Nasaf" bosh murabbiyi "Al-Ittihod"dan uchralgan mag‘lubiyatga izoh berdi

  • 24.12.2025 13:22
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

OChL Elit-2025/26 musobaqasining 6-turi doirasida bo‘lib o‘tgan "Al Ittihod" – "Nasaf" (1:0) uchrashuvidan so‘ng matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda "ajdarlar" bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiev ishtirok etib, o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Bugungi o‘yinda yigitlar yaxshi harakat qilishdi va maydonda bor kuchlarini ishga solishdi. Oxirigacha kurash olib bordik. Qarshi hujumlarda golli vaziyatlar yaratdik. Futbolchilarimga minnatdorlik bildiraman. Kuchli raqibga qarshi munosib qarshilik ko‘rsatdik", — dedi mutaxassis.

Ma’lumot uchun, qarshiliklar keyingi turlarda «Al-Sharja» hamda «Al-Shorta» jamoalariga qarshi maydonga tushadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!