"Nasaf" bugun kumush medallarni qo‘lga kiritdi. Qarshiliklar yana qachon shunday natija qayd etgan?

  • 29.11.2020 16:51
  • Bekzod Isayev
  • 1
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Nasaf" Superliga 25-turida "Bunyodkor" maydonidan g‘alaba bilan qaytdi. Ushbu muvaffaqiyat qarshiliklarni sovrindorga aylantirdi.

Ochkolari soni 52 taga etgan, chempionat tugashiga bir tur qolgan va ularing eng yaqin ta’qibchisi hisoblangan AGMKda 46 ochko borligi uchun Ro‘ziqul Berdiev shogirdlari joriy mavsumda muddatidan avval ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Shu tariqa, "Nasaf" uchinchi marta kumush medallarni qo‘lga kiritmoqda. Bundan oldin "ajdarlar" 2011 va 2017 yillarda ham ikkinchi pog‘onani band etgandi.

Qolaversa, "Nasaf" 10 marta (2000, 2001, 2005, 2006, 2009, 2010, 2013, 2014, 2015, 2016) bronza medallariga ega chiqqan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
29/11/2020 18:05
Nasaf. shugun shunday poliyaga uynadi ham. chunki hammamiz tan olaylik Nasaf bunoqa poliya urganmagan. Nasaf kucha fudboliga urganmagan. Nasaf klass fudbol uynaydi. Agar shu yil ayrim poliyala narmalni bulganiga Nasaf birinchi urinni ham olarkan. durang va yutqazgan uyinlariga Nasaf poliya masalasiga qiynalgan.