"Nasaf" Elit OCHLda qancha pul ishlab topdi?
"Nasaf" joriy mavsum O'zbekiston nomidan Elit Osiyo chempionlar ligasida ishtirok etdi. Biroq jamoa guruh bosqichidayoq o'z yurishini to'xtatdi. Shunga qaramay, klub musobaqa reglamentiga muvofiq muayyan miqdorda mukofot puliga ega bo'ldi.
Qayd etilishicha, "ajdarlar" ishtirok uchun 800 ming dollar miqdorida mukofot puli bilan taqdirlandi. Turnirda har bir g'alaba uchun 100 ming dollar bonus belgilangan. Qarshiliklar so'nggi turda "Sharja" jamoasini mag'lub etishga muvaffaq bo'lib, qo'shimcha mukofot pulini ham qo'lga kiritdi. Shu tariqa, klub Elit OCHLda jami 900 ming dollar ishlab topdi.
Ma'lumot uchun, Ro'ziqul Berdiev shogirdlari 8 tur davomida 4 ochko jamgarib, guruhda 12-o'rinni egalladi.
Fikrlar