"Nasaf" futbolchisi yirik hisobdagi g‘alabadan so‘ng: Faqat meni ajratib ko‘rsatish noto‘g‘ri bo‘ladi

  • 18 may, 2021, 10:52
  • Bekzod Isayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

"Nasaf" OFK Kubogi “F” guruhi 2-turida Tojikistonning “Xo‘jand” jamoasi bilan kuch sinashdi va yakunda 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Ushbu uchrashuvda ham gol ham golli uzatmani amalga oshirgan Sherzod Nasrullaev bo‘lib o‘tgan o‘yin haqida o‘z fikrlari bilan bo‘lishdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

- Avvalambor, barcha muxlislarimizni g‘alaba bilan tabriklayman. Uchrashuv haqida gapiradigan bo‘lsam, biz raqibimizni yaxshilab o‘rganib, shunga yarasha tayyorgarlik ko‘rgan edik. Barchamiz o‘zimizga berilgan ko‘rsatmalarni to‘liq bajarishga harakat qildik va yakunda kerakli natijaga erishdik

- Siz bo‘lib o‘tgan ikki uchrashuvda uchta golli uzatma va bir marotaba raqib darvozasiga gor urishga erishdingiz. Bu haqida ham o‘z fikrlaringiz bilan bo‘lishsangiz?

- Faqat meni ajratib ko‘rsatish noto‘g‘ri bo‘ladi. Bu erda jamoadoshlarimning ham mehnati katta. Lekin bu natijadan xursandman va maydondagi harakatlarim bilan jamoamga foydam tekkanidan mamnunman.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Akbarali Abdunazarov
18/05/2021 22:59
Шундай махоратли еш уйинчини термага олиш керак жаноб Абрамов, у жуда чиройли пас беради, у узатган тупларнинг 90 % гол билан якунланади, жарима майдонига жуда тез кириб кетади, у жуда еш футболчи, арабистоннинг исток хавосида еши катта уйинчиларни кучи етмайди ахир, жуссаси хам Шомуродовга ухшайди, термада Насруллаев, Машарипов ва Шомуродов жуда зур тандем булади, уйлаб куринглар чап канотда Машарипов билан иккаласи любой жамоани ериворади, Насруллаевни термага олишни талаб килайлик, Абрамов талаб киламиз!