"Nasaf" muxlislari uchun xushxabar!
"Nasaf" klubi tayanch yarim himoyachisi Murod Rahmatov mashg‘ulotlarga qaytdi.
Qarshi klubi hozirda Osiyo Chempionlar Ligasi Elit musobaqasi 6-turi doirasida Saudiya Arabistonining "Al-Ittihod" jamoasiga qarshi tayyorgarlikni davom ettirmoqda. Ushbu mashg‘ulotlarda Rahmatov ham qatnashmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 23 yoshli xavbek "Qizilqum"ga qarshi o‘yinda jarohat olgan edi.

Fikrlar