"Nasaf" muxlislari uchun hushxabar!
Qarshining "Nasaf" jamoasi bosh murabbiy Roziqul Berdiev bilan shartnomani uzaytirdi. Bu haqida O'zPFL xabar berdi.
Unga ko‘ra, yangi shartnoma 2026 yilning yakuniga qadar mo‘ljallangan.
Roziqul Berdiev Nasaf bilan 2024 yilda O‘zbekiston chempionligi, 4 karra O‘zbekiston kubogi, 4 karra O‘zbekiston Superkubogini qo‘lga kiritgan. 54 yoshli mutaxassis 5 karra yil murabbiyi (2013, 2016, 2017, 2020, 2021), 2 karra Superliganing eng yaxshi murabbiyi (2022, 2024) deb topilgan.

Fikrlar