"Nasaf" o‘rtoqlik uchrashuvida "So‘g‘diyona"ni mag‘lub etdi

Superliga klublari FIFA kunlari sabab yuzaga kelgan tanaffusdan unumli foydalanmoqda. 

"Nasaf" jamoasi Jizzaxda "So‘g‘diyona"ga qarshi nazorat uchrashuvida maydonga tushdi. Mazkur bellashuvda mehmonlar 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.

"Ajdarlar" safidagi gollarga Islom Kenjaboev, Zoran Marushich, Da Silva mualliflik qildi. Mezbonlarning yagona golini Shoxruh Abduharmonov o‘z nomiga yozdirib qo‘ydi.

"So‘g‘diyona" – "Nasaf" 1:3

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!