“Nasaf” Qarshining boshqa klubi bilan birlashtirilishi rejalashtirilmoqda - O‘zPFL

  • 18 yanvar, 2022, 18:52
  • Javokhir Azimov
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

2021 yilda ayollar o‘rtasidagi mamlakat chempionati Oliy ligasida 10 ta jamoa ishtirok etdi.

Qarshining “Sevinch” jamoasidan tashqari barcha jamoa Superliga klublari qoshida tashkil etilganligi bois Professional maqomga ega bo‘ldi (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi majlisining 2012 yil 18 dekabridagi 293-sonli Bayonnomasi asosida). 13 karra chempion, ikki marotabadan kumush va bronza medallari sohibi, o‘n karra O‘zbekiston Kubogi g‘olibi, ikki marotaba Superkubok egasi “Sevinch” 2003 yildan buyon alohida, ayollar professional futbol klubi maqomida faoliyat yuritib keldi.

2022 yilning yanvar oyida “Sevinch” jamoasini “Nasaf” PFK tarkibiga kiritish rejalashtirilgan. “Nasaf” PFKning ham, “Sevinch” klubining ham ta’sischisi “Sho‘rtangazkimyo” majmuasi hisoblanadi. Qashqadaryo viloyatining erkaklar va ayollar bosh jamoalari hisoblangan “Nasaf” PFK va “Sevinch” klublarini birlashtirish ham aynan ta’sischining rejasi asosida amalga oshirilyapti.

O‘zPFL matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Лучше Насаф
18/01/2022 21:09
Тушунмадим шунда Севинч йук булиб кетадими
&
Бруно
18/01/2022 19:34
Бунёдкорни хам қушинглар насафга унда