"Nasaf" soʻnggi turda muxlislarini xursand qildi

  • 16.02.2026 23:03
  • Улуғбек Хошимов
  • 0
  • Futbol

Bugun Elit Osiyo Chempionlar ligasining so‘nggi tur bahslariga start berildi.

Turnirda yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Qarshining "Nasaf" jamoasi Birlashgan Arab Amirliklarining "Sharja" klubi mehmoni bo‘ldi. Uchrashuvning 30-daqiqasida Bobir Abduxoliqov hisobni ochdi va "ajdarlar"ni oldinga olib chiqdi. 80-daqiqada raqiblar penaltiidan muvozanatni tikladi. Oradan 7 daqiqa o‘tib Diyorbek Abdunazarov super gol urib yana "Nasaf"ni hisobda oldinga olib chiqdi. Ushbu hisob o‘yin so‘ngiga qadar o‘zgarmadi va qarshiliklar g‘alaba qozonib, turnirni 4 ochko bilan yakunladi. Jamoa musobaqadagi dastlabki 6 o‘yinda mag‘lub bo‘lgan bo‘lsa, oxirgi ikki o‘yinda 1 durang va 1 g‘alabani qayd etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!