"Nasaf" ta’tilga chiqdi

  • 22 may, 2021, 11:37
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

OFK kubogi guruh bosqichida barcha uchrashuvlarda g‘alaba qozongan holda 100 foizlik natija qayd etib, keyingi bosqichga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan "Nasaf" kecha Qarshiga qaytib keldi.

Tecno

Klub matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, shu kunning o‘zida Denis Ivankov, Andrey Bezborodov, Umarbek Eshmurodov, Oybek Bozorov, Husniddin Aliqulov, Abduvohid Ne’matov milliy terma jamoa safiga qo‘shilish uchun Toshkentga jo‘nab ketgan. Husayn Norchaev va Abubakr-Rizo Turdialiev U-23 terma jamoasi yig‘iniga yo‘l olgan.

Qolgan futbolchilarga esa, qisqa muddatli tanaffus berilgan. Ushbu futbolchilar 26 may kuni jamoa qarorgohida yig‘ilishadi va mashg‘ulotlarni davom ettirishadi.

Eslatib o‘tamiz, "Nasaf" guruh bosqichining qolgan ikki uchrashuvini ham g‘alaba bilan yakunladi va o‘z darvozasidan birorta ham gol o‘tkazib yubormadi. Aniqrog‘i, "Oloy" (4:0) va "Xo‘jand" (3:0) klublari darvozasiga javobsiz 7 ta gol urildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Akbarali Abdunazarov
23/05/2021 20:39
Насафга омад, Агар Абрамов Насафнинг 4 та уйинчисини хам асосий таркибда уйнатса аник жахон чемпионатига чикамиз, агар еши утган уйинчиларни уйнатса аник чика олмайди, Насруллаевни хам олиш керак жаноб Абрамов, Машарипов , Шомуродов билан зур тандем булади, А.Исмоилов Л.Тураев, И.Кобилов, И.Ахмедов, И.Тухтахужаев сборнийга тортмайди, Машьалдан Сардор Абдураимовни олиш керак, шуни Абрамовга тушунтирадиган рахбар борми, Жаноб Эрматов Сизни такдирингиз хам мана шу сборда хал булишини биласизми!