“Nasaf”da xorijlik murabbiy ish boshladi (Foto)

  • 21.09.2019 13:38
  • Bekzod Isayev
  • 1
  • Futbol

Xabaringiz bor, o‘tgan yili “Nasaf” futbol maktbida jamoamizning sobiq futbolchisi Valentin Poddubniy o‘z faoliyatini qayta boshlagan edi.

O‘zingizga ma’lum, "Nasaf" futbol maktabida tarbiyalangan Umidjon Ergashev, Abduvoxid Ne’matov Olimpiya terma jamoasi safida yurtimiz sharafini himoya qilishayotgan bo‘lsa, Asad Polvonov U-19 terma jamoamiz libosi ostida maydonga tushmoqda.

Ukrainalik murabbiy Denis Aleksandrovich Monin “Nasaf” futbol maktabida tarbiyalanayotgan yosh darvozabonlarni shug‘ullantirishni boshlaydi. Denis Monin yuqorida keltirib o‘tilgan darvozabonlarga o‘rinbosarlarni tarbiyalash bilan shug‘ullanadi. Bu haqda "Nasaf" klub matbuot xizmati xabar berdi.

Bundan tashqari murabbiy futbol maktabi uchun yosh darvozabonlarning selektsiya ishlari bilan ham shug‘ullanadi. 

photo_2019-09-20_20-28-12

Denis Aleksandrovich Monin.

Darvozabonlar murabbiyi.

1989-yil iyunda tug‘ilgan.

Odessa futbol maktabi tarbiyalanuvchisi. 2007-2009 yillarda FK “Chernomorets” yoshlari darvozasini qo‘riqlagan. Undan tashqari «Afgan-Pamir» (Odessa), «Solnechnaya dolina» (Odessa), FK «Tarutino» (Odessa viloyati), «Ukr-niva» (Berezanka, Nikolaevskaya viloyati), «Olimp» (Kirnichki, Odessa viloyati) jamolari tarkibida harakat qilgan. 2014 yildan to bugunga qadar “Chernomorets” bolalar va o‘zsmirlar olimpiya zaxiralari maktabida darvozabonlar murabbiyi bo‘lib ishlagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Алишер Салох
21/09/2019 16:45
Лигионерам олиб келилар