"Nasaf"ning Elit OCHL doirasidagi oʻyini Vodiyda oʻtkaziladi
"Nasaf" jamoasi 9 fevral kuni OFK Chempionlar ligasi Elit musobaqasining 7-turi doirasida Iroqning "Al Shorta" klubiga qarshi bahs olib boradi.
Ayni kunlarda Qarshi shahridagi Markaziy stadionda ta’mirlash ishlari olib borilayotgan sababli, "Nasaf" ushbu turdagi uchrashuvni Farg‘ona shahrida joylashgan "Istiqlol" stadionida o‘tkazadi. Mazkur bellashuv 9 fevral kuni "Istiqlol" stadionida Toshkent vaqti bilan soat 18:45 da start oladi.
Ma’lumot uchun, qarshiliklar ayni paytda turnir jadvalidа 0 ochko bilan 12-o‘rinda bormoqda.
Fikrlar