
"Navbahor" bugun "Nasaf"ga qarshi maxsus futbolkada maydonga tushdi (Foto)
Ayni paytda "Navbahor" Namangandagi "Markaziy" o‘yingohda "Nasaf"ni qabul qilmoqda. "Lochinlar" bugungi o‘yinga maxsus futbolkalarda maydonga tushishdi.
Futbolchilar va bosh murabbiy Andrey Kanchelskis kecha Farg‘ona viloyati hokimiga aylangan Xayrullo Bozorovga minnatdorlik ramzi sifatida uning va yangi hokim Shavkatjon Abdurazzoqovning rasmi tushirilgan formada maydonga chiqdi.
Xayrulla Bozorov bir necha yil Namangan viloyati futbol assotsiatsiyasi prezidenti lavozimida ishlab keldi va "Navbahor"ni yaqindan qo‘llab-quvvatladi.
Fikrlar