"Manchester Siti"ning "Fulxem"ga qarshi taxminiy tarkibi bilan tanishing

  • 11.02.2026 14:39
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

 

APLning 26-turidan o‘rin olgan bahsda "Manchester Siti" o‘z uyida "Fulxem" jamoasini qabul qiladi. O‘tgan turda Xosep Gvardiola shogirdlari "Enfild"da "Liverpul"ga qarshi qiyin uchrashuv o‘tkazib, 2:1 hisobida g‘alaba qozongan edi.

Biroq mazkur bahsda hamyurtimiz Abduqodir Husanov darvozabon Janluidji Donnarumma bilan to‘qnashib, jarohat olgan. Shundan so‘ng Gvardiola uning o‘rniga Ruben Diashni maydonga tushirgan edi.

"Fulxem"ga qarshi o‘yin oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida murabbiy Husanovning ahvoli yaxshi ekanini ma’lum qildi.

Bir nechta nashrlar esa bugungi bellashuv oldidan jamoalarning taxminiy asosiy tarkiblarini e’lon qildi.

Sport Mole talqiniga ko‘ra:

"Manchester Siti":
Donnarumma; Nunes, Diash, Gexi, Ayt-Nuri; Rodri, O’Rayli; Bernardu, Sherki; Semenyo, Xoland

"Fulxem":
Leno; Tete, Andersen, Kuenka, Robinson; Ivobi, Berge; Uilson, Smit-Rou, Chukwuеze; Ximenes

CityXtra talqiniga ko‘ra:

"Manchester Siti":
Donnarumma; Nunes, Husanov, Gexi, Ayt-Nuri; Rodri, Bernardu, Sherki, Reynders; Xoland, Semenyo

Ma’lumot uchun, "Manchester Siti" — "Fulxem" uchrashuvi bugun Toshkent vaqti bilan soat 00:30'da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!