
"Navbahor" Eron klubini yirik hisobda engdi
Ayni paytda Turkiyada o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini olib borayotgan "Navbahor" bugun Eronning “Traktorsozi” (Tabriz) klubiga qarshi navbatdagi nazorat bahsini o‘tkazdi.
Mazkur o‘yinda “Navbahor” bosh murabbiyi Samvel Babayan quyidagi futbolchilarni maydonga tushirdi: Aleksandr Lobanov, Filip Ivanovich, Dostonbek Abdulhaev, Alijon Alijonov, Ibrohim Yo‘ldoshev, Azimjon Ahmedov, Siyavash Haqnazari, Toma Tabatadze, Yovan Jokich, Asadbek Sobirjonov, Ruslanbek Jiyanov.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Giorgi Nikabadze, Ozodbek O‘ktamov.
Ushbu bellashuvda “lochinlar” yirik – 3:0 hisobida g‘alaba qozonishdi.
Gollarga Toma Tabatadze, Giorgi Nikabadze va Yovan Jokichlar mualliflik qilishdi.
Ta’kidlash joizki, "Navbahor" tanaffusga 1:0 hisobida chiqib ketgandi. Qolgan gollar esa 2-bo‘limda urildi.
“Navbahor” PFK matbuot xizmati.
Fikrlar