"Navbahor" ertaga taqdimot marosimini o‘tkazadi

"Superliga-2023" startiga ham tobora oz fursat qolmoqda. Xabaringiz bor, “Navbahor” har yili yangi mavsum oldidan taqdimot marosimini o‘tkazadi.

Bu yilgi marosim esa ertaga Namangan shahridagi “Pahlavon” sport majmuasida soat 11:00 da boshlanadi. Tadbirda jamoa tarkibiga yangi qo‘shilgan futbolchilarni tanishtirish, shuningdek, klubning bo‘lajak mavsum davomida foydalanadigan liboslari taqdimoti o‘tkaziladi.

 

Manba: “Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!