"Navbahor" futbolchisi jarrohlik amaliyotini o‘tkazdi

  • 17 iyul, 2024, 09:01
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, joriy yilning 5 iyul kuni Namanganda o‘tkazilgan O‘zbekiston Coca Cola Kubogi 1/8 finalidan o‘rin olgan “Navbahor” – “Buxoro” (1:0) o‘yinida namanganliklarning 25 yoshli himoyachisi Ibrohim Yo‘ldoshev tizzasidan jarohat olgandi.

Yo‘ldoshev kecha Turkiyaning Istanbul shahrida jarrohlik amaliyotini o‘tkazdi. 

Biz Ibrohim Yo‘ldoshev bilan bog‘langanimizda, jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli o‘tganligi, sog‘ligi joyida ekanligini ta’kidlab, “Navbahor” klubi rahbariyati hamda xodimlari, jamoa murabbiylar shtabi va futbolchilari, shuningdek, muxlislarga o‘zining alangali salomini etkazdi.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Сохипов Хусанбой
17/07/2024 09:04
Шифосини берсин. Яхши савияли футболист.