"Navbahor" Gruziya klubi bilan durang o‘ynadi

  • 16.02.2026 21:36
  • Улуғбек Хошимов
  • 0
  • Futbol

Yangi mavsumga tayyorgarlikni Turkiyada olib borayotgan Namanganning "Navbahor" klubi bugunning o‘zida ikkinchi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi. Bu safargi raqib Tbilisining "Dinamo" jamoasi bo‘ldi. Uchrashuvning 13-daqiqasidayoq raqiblar hisobni ochdi. Biroq o‘yinni namanganliklar ko‘proq ustunlikda o‘tkazdi. Uchrashuvning asosiy vaqtiga qo‘shib berilgan 4-daqiqada "lochinlar"ning ko‘rigida bo‘lib turgan, Katulondi Kati gol urib muvozanatni tikladi va jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi. Yakuniy hisob 1:1.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!