"Navbahor" hamda "Neftchi" o‘rtasidagi bahslarni kim ko‘proq boshqarganini bilasizmi?

"Neftchi” bugun Superliganing 8-turida "Navbahor" mehmoni bo‘ladi. Mazkur "vodiy derbisi" oldidan O‘zFHM matbuot xizmati qiziqarli ma’lumotni taqdim etdi. 

Chempionat tarixiga nazar solsak, ushbu jamoalar ishtirokidagi to‘qnashuvlarda Ravshan Ermatov boshqalardan ko‘proq ishlagan (10 marta). 2-o‘rinni esa Vladislav Tseytlin va Rustam Saidov (5 tadan o‘yin) egallab turibdi. Bugungi uchrashuvni esa Aziz Asimov boshchiligidagi hakamlar jamoasi boshqarib borishi rejalashtirilgan.

Ma’lumot o‘rnida, "Navbahor" - "Neftchi" bellashuvi bugun 19:00 da start oladi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Muhsiddin Mamadaliyev
19/05/2024 15:35
Navbahor 2-0 Neftchi
&
Адхамжон Низомов
19/05/2024 14:41
Олга,Нефтчи.