Navbahor Hamidova finalda Qozog‘iston vakilasini yengib, chempionga aylandi!
"Strandja" turnirining hal qiluvchi - final bahslari davom etmoqda.
-65 kg da yurtimiz sharafini himoya qilayotgan bokschimiz Navbahor Hamidova va Qozog‘iston vakilasi Laura Essenkeldi o‘rtasidagi jang nihoyasiga yetdi. To‘liq 3 raund davom etgan to‘qnashuvda Hamidova ochkolar bo‘yicha g‘alaba qozonib, terma jamoamizga ushbu musobaqadagi uchinchi oltin medalni taqdim etdi.
Eslatib o‘tamiz, bizni oldinda Aziza Zokirova hamda Emma Sue Greentree (Avstraliya) qarama-qarshiligi kutyapti.

Fikrlar