"Navbahor" jamoasi Turkiyaga jo'nab ketdi
Yangi mavsumga jiddiy tarzda tayyorgarlik ko‘rayotgan “Navbahor” jamoasi a’zolari bugun Toshkentdagi Islom Karimov nomidagi xalqaro aeroportdan joriy yilgi ikkinchi xorij o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazish uchun Turkiyaning Antaliya shahriga jo‘nab ketishdi.
Antaliyadagi yig‘in doirasida “lochinlar” 4 ta o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishni rejalashtirishgan. Uchrachuvlar 8 fevral kuni "Rubin" (Qozon, Rossiya), 12 fevral kuni "Aktobe" (Aktobe, Qozog‘iston) va "Baltika" (Baltika, Rossiya), 16 fevral kuni "Dinamo" (Tbilisi, Gruziya) jamoalariga qarshi o‘tkaziladi. 
Turkiyadagi ikkinchi yig‘in 18 fevralgacha davom etishi rejalashtirilgan.
Fikrlar