
"Navbahor" klubi muxlislardan noqulaylik uchun uzr so‘radi
Xabaringiz bor, Respublika maxsus komissiyasining qaroriga ko‘ra, pandemiya sababli mamlakatimizda sport musobaqalari, shu jumladan, futbol o‘yinlari tomoshabinlarsiz o‘tkazilmoqda.
Yurtimizda hozir ham karantin davom etayotganligi, qolaversa, Respublika maxsus komissiyasining qarori hali kuchda ekanligini inobatga olgan holda, Coca Cola Superligasining 17-turidan o‘rin olgan “Navbahor” – AGMK jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv muxlislarsiz o‘tkaziladigan bo‘ldi. Yuzaga kelgan ushbu noqulaylik uchun muxlislardan uzr so‘raymiz.
Eslatib o‘tamiz, “Navbahor” – AGMK jamoalari o‘rtasidagi o‘yin 10 sentyabr kuni Namangan shahridagi “Markaziy” o‘yingohda soat 19:00 da boshlanadi.
“Navbahor” PFK matbuot xizmati.
Fikrlar