
"Navbahor" legioneri terma jamoaga chaqirildi
Usmon Toshev murabbiylik qilayotgan Tojikiston terma jamoasi "JCh-2022" va "OCh-2023" saralash bahslariga jiddiy tarzda tayyorgarlik ko‘rish niyatida joriy yilning 27 yanvar – 7 fevral kunlari Tojikiston poytaxti Dushanbe hamda BAAning Dubay shahrida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazadi.
Mazkur yig‘in doirasida tojikistonliklar 1 va 5 fevral kunlari Dubay shahrida Iordaniya termasiga qarshi 2 ta o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishni rejalashtirishgan.
Tojikiston terma jamoasining ushbu yig‘iniga “Navbahor”ning 21 yoshli mahoratli yarim himoyachisi Ehsoni Panshanbe ham chaqirildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Fikrlar