"Navbahor" legioneri terma jamoaga chaqirildi

  • 30 oktabr, 2020, 21:52
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Hamyurtimiz Usmon Toshev murabbiylik qilayotgan Tojikiston terma jamoasi noyabr oyidagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini BAAning Dubay shahrida o‘tkazib, 7 noyabr kuni Bahrayn va 12 noyabr sanasida BAA termalariga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkazadi.

Usmon Toshev ushbu yig‘inga jami 26 nafar futbolchi – 3 nafar darvozabon, 8 nafar himoyachi, 9 nafar yarim himoyachi hamda 6 nafar hujumchini jalb etgan.

Tojikistonliklarning mazkur o‘quv-mashg‘ulot yig‘iniga “Navbahor”ning 21 yoshli mahoratli yarim himoyachisi Ehsoni Panshanbe ham chaqirildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!