
"Navbahor" Marushichning goli evaziga "Qayrat"ni engdi
Yangi mavsum tayyorgarligini Turkiyadagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini orqali davom ettirayotgan “Navbahor” bugun Qozog‘istonning Almati shahri sharafini himoya qiluvchi “Qayrat” jamoasiga qarshi nazorat-sinov o‘yini o‘tkazib, 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Yagona gol 78-daqiqada hujumchimiz Zoran Marushich hisobiga yozildi. “Qayrat” jarima maydonchasi ichida raqib himoyachilaridan chaqqonroq harakat qilgan futbolchi bosh bilan darvozani ishg‘ol qildi. Mazkur uchrashuvda hamyurtimiz Jasur Jaloliddinov “Qayrat” tarkibida maydonga tushdi.
Nazorat o‘yini
“Navbahor” (Namangan) – “Qayrat” (Almati) – 1:0 (0:0)
“Navbahor”: O‘tkir Yusupov, Boyan Tsiger, Igor Golban, Davronbek Hoshimov, Stanislav Andreev, Yovan Jokich, Azimjon Ahmedov, Nurillo To‘xtasinov, Elguja Grigalashvili, Jamshid Iskanderov, Zoran Marushich.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Asad Sobirjonov, Islom Kenjaboev, Jamshid Boltaboev.
Gol: Marushich (78).
Shu tariqa “Navbahor” Turkiyadagi yig‘in davomida Qozog‘istonning yana bir jamoasi ustidan zafar quchdi. Eslatib o‘tamiz, 8 fevral kungi bahsda Uralskning “Akjayik” jamoasi Azimjon Ahmedovning goli evaziga taslim etilgandi.
Rejaga ko‘ra, “lochinlar” navbatdagi o‘rtoqlik o‘yinini 16 fevral kuni Rossiyaning “Ximki” klubiga qarshi o‘tkazishadi.
Fikrlar