
"Navbahor" mavsumni ishonchli g‘alaba bilan boshladi. Babayanning o‘yin haqidagi fikrlari qanday?
Superliganing yangi mavsum 1-turida "Navbahor" yana elitaga qaytgan "Dinamo"ni qabul qildi va 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvdan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida ishtirok etgan "lochinlar" ustozi o‘zining o‘yin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
- Barchaga xayrli kech. Muxlislarni yangi mavsum starti va bugungi g‘alaba bilan tabriklayman. Bugungi matbuot anjumanida bir narsani alohida ta’kidlab o‘tmoqchiman, ikki yildan buyon Namanganda faoliyat yuritayotgan bo‘lsam, hurmatli hokimimizning qo‘llab-quvvatlashi bilan eng yuqori natijamizga erishdik. Bu 22 fevralda Jiddada sodir bo‘ldi. Bugun siz yangi “Navbahor”ni ko‘ryapsiz. Jamoa o‘z uslubi va o‘yin falsafasi orqali Osiyo futboli grandlari qatoridan joy olishni va Namangan, qolaversa butun O‘zbekiston futbolini xalqaro maydonda namoyon etishni xohlaydi.
O‘yin haqida gapiradigan bo‘lsam, birinchi soniyadan oxirgi soniyagacha o‘yinni nazorat qildik. Biz nafaqat o‘yinning borishini, umuman o‘yinni va uning sifatini nazorat qildik. Albatta birinchi bo‘limda yaratgan vaziyatlarimizni golga aylantirishimiz shart edi. Ikkinchi bo‘limda esa yaratgan imkoniyatlardan unumli foydalanib, uni xotirjamlik bilan mantiqiy yakuniga etkazdik. Yigitlarga bugungi o‘yin uchun minnatdorchilik bildiraman, bugun ular o‘z muxlislari oldida “Navbahor-2024” qanday ekanligini ko‘rsatib qo‘yishdi. Menimcha biz barcha o‘ylaganlarimizga erishdik.
Raqibga kelsak, albatta, birinchi navbatda ularga respekt! Bilishimcha, “Dinamo” hususiy klub klub. Futbolni moliyalashtirish yukini o‘z zimmasiga olgan o‘sha aktsiyadorlarga yana bir bor respekt. Chunki bu juda qimmatga tushadi. Hozir futbolda xususiy biznes ko‘paymoqda, klubni moliyalashtirishni soddalashtirish tendentsiyasi kuzatilmoqda, shuning uchun "Dinamo" klubi ham alohida hurmatga loyiq. Ular ham harakat qilishdi.
Fikrlar