“Navbahor” maxsus ta’lim muassasi bilan hamkorlik qiladi

  • 11 oktabr, 2021, 20:55
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Hukumatimiz tomonidan jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan shaxslarga ham keng imkoniyatlar yaratilib, ular o‘zlarini jamiyatimizning to‘laqonli a’zosi deb hisoblashlari uchun qulay sharoitlar yaratilmoqda.

Tecno

Namangan viloyatining Kosonsoy tumanid 45-sonli Imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat ta’lim muassasasi mavjud. Mazkur o‘quv dargohida ko‘zi ojiz o‘g‘il va qiz bolalar ta’lim olishadi. Mazkur ta’lim muassasasida mini-futbol, engil atletika hamda shaxmat-shashka to‘garaklari ham mavjud.

Bugun ushbu o‘quv dargohining psixologi Dilshod Sultonov, defektologi Dilshodbek Qo‘ymuradov hamda jismoniy tarbiya o‘qituvchisi Sherali Axunov “Navbahor” klubi prezidenti Otabek Samatov bilan uchrashdi.

Hamkorlik maqolasiga 1

Suhbat davomida klub rahbari imkoniyati cheklangan shaxslar uchun hukumatimiz tomonidan keng imkoniyatlar yaratilayotganligi, “Navbahor” rahbariyati ham mazkur muassasada sport, shu jumladan, futbolni rivojlantirish uchun har qanday yordamga tayyor ekanligi, muassasa vakillari jamoaning o‘z maydonidagi o‘yinlariga chiptasiz bemalol tashrif buyurishlari, ular uchun maxsus joylar ajratilishini ta’kidladi. 

Hamkorlik maqolasiga 2

Uchrashuv yakunida Otabek Samatov maxsus ta’lim muassasasi vakillariga “Navbahor” klubining maxsus sovg‘alarini sovg‘a qildi.

Hamkorlik maqolasiga 3

“Navbahor” kalubi matbuot xizmati. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!