
“Navbahor” mehmonmi yoki mezbon?
27 yanvar – 1 mart kunlari Superligada 1-tur o‘yinlari o‘tkazildi. SPORTS.uz sayti an’anasiga sodiq holda tur muxlislariga oid ma’lumotlarni taqdim etdi.
Tur o‘yinlariga jami 38607 tomoshabin tashrif buyurdi. Bu bir uchrashuvga o‘rtacha 5515ni tashkil qiladi.
Eng ko‘p muxlis Toshkentdagi “Paxtakor” – “Navbahor” bellashuvida qayd etildi - 15320.
E’tiborlisi, turning markaziy qarama-qarshiligiga Namangandan juda ko‘plab ishbozlar keldi va ular poytaxtda jamoalarini yolg‘izlatib qo‘ymadi. Buni ko‘rib ko‘pchilik “Navbahor” mehmonmi yoki mezbon degan hayolga keldi.
Turning yana bir markaziy uchrashuvi Termizda “Surxon” – “Bunyodkor” o‘rtasida kechdi. Mazkur bahsni 3920 tomoshabin bevosita o‘yingohdan kuzatdi.
Superliga debyutanti “Mash’al”ning uy o‘yiniga 3500 ishqiboz tushdi. Aftidan muborakliklar katta futbolni sog‘inmagan ko‘rinadi.
Eng kam ishqibozlar doimgidek Toshkentda. “Lokomotiv” – “Andijon” bellashuviga 3210 tomoshabin tashrif buyurdi.
Quyida 1-turda eng ko‘p muxlislar tashrif buyurgan o‘yinlar ketma-ketligi bilan tanishishingiz mumkin:
“Paxtakor” – “Navbahor” 2:1. 15320 tomoshabin
“Qo‘qon-1912” – “Buxoro” 3:0. 5178 tomoshabin
“Surxon” – “Bunyodkor” 1:3. 3920 tomoshabin
“Qizilqum” – “Nasaf” 1:3. 3752 tomoshabin
AGMK – “Metallurg” 1:1. 3727 tomoshabin
“Mash’al” – “So‘g‘diyona” 3:0. 3500 tomoshabin
“Lokomotiv” – “Andijon” 2:1. 3210 tomoshabin
Fikrlar
Уйинларни хар бир клублек сотишини хамма билади,даража паст,охирги 15 йил ичида соврин ютганини хеч ким курмаган,на уйин на соврин бор??
Нима учун Навбахорни яхши куришимиз керак?
Фақат шу Пахтакорга осилишади.
Туғри,хамма жамоа мухлислариям шунақа булса футбол зур буларди лекин Навбахор жамоасининг натижаларига Пахтакорнинг алоқаси йуқ.
Агар мавсум якунида жамоамиз уртасидага фарқ 3 очко булса унда гапирса булади,"Мана ушанда хакам Пахтакор фойдасига уйнади ва бизага шу 3 очко етмай қолди"-деб.
Уткан мавсум иш билан Жиззахга бориб футболга тушдим,Суғдиёна билан Навбахор уйнавотти.
0:2 Навбахор ютиб турган жойидан уйин охирида кутилмаганда 3 та гол утказворди.
Гаппи очиғи Навбахор дарвозабони утказиб юбораётган голларни "Севинч"нинг кипери кузини юмиб олган буларди.
Бизнинг клубларнинг қандай "уйинлар" уйнашини ва бу қозондан фақат "Пахтакор" ёки "Локо" эмас барча клуб нон ейишини билиб туриб фақат бир жамоага осилиб олиш хам нотуғри булса керак.
Javob inson tugilgandan ketin nmagadir mehir berishi boshlaydi biz shu navbahor tugilib esimiz tanigandan beri yaxshi koramiz bizga qoladimi yutadimi farqi yoq silada toshda futbol umuman boshqacha odamla futbolga qaramaydiyam chunki biladi vaqt utqazib nma qilaman 2penalti tepadi yutadi deb sz muhlis bosangiz oka turisi ayting shunaqa futbol kerakmi bizga man namanganlikman oldilari paxtakor kuchlik bolardi haqoni uynardi bizlarni kamandamiz kuchi yetmardi hozi halol yutsa biz hich qanaq gap yozmaymiz